Янгиликлар
IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTRI
IJTIMOIY HIMOYA YAGONA REESTRI
18 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa, bola 3 yoshga toʻlguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish boʻyicha qoʻshimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiyani tayinlash “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali aniqlanadi. “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatga olingan oilalarga quyidagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar bepul yoki imtiyozli shartlarda koʻrsatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2020-yildagi PQ-4797-son qaroriga muvofiq, “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida kam taʼminlangan oila sifatida roʻyxatga olingan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda davlat maktabgacha taʼlim muassasalarida ota-onalar toʻlovidan ozod etish, maktabgacha taʼlim muassasalarida oʻrnatilgan miqdorlarda ota-onalar toʻlovini toʻlash, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida darsliklar ijara toʻlovlaridan ozod etish, umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari uchun qishki kiyim-bosh berish, ayrim fanlarni oʻqitishga ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta maktablar oʻquvchilarini ovqatlanish xarajatlaridan ozod etish, sanʼat maktablari, musiqa maktablari, “Barkamol avlod” markazlari va boshqa maktabdan tashqari taʼlim muassasalarida oʻqish xarajatlaridan ozod etish, kam taʼminlangan oilalarning nogironligi boʻlgan aʼzolarini protez — ortopediya moslamalari bilan taʼminlash, ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalarida bepul maxsus (ambulator yoki kunduzgi) tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻllanma (order) olishlar koʻrsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar belgilangan.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Saidislom Djamalov