Янгиликлар
IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH
IJARA SHARTNOMASINI BEKOR QILISH
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi.
Uy-joyni ijaraga oluvchi oʻzi bilan birga doimiy yashaydigan boshqa fuqarolarning roziligi bilan ijaraga beruvchini 3 oy avval yozma ravishda ogohlantirib, istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilishga haqli.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor boʻlishi mumkin, agar shartnomada uzoqroq muddat belgilangan boʻlmasa, ijaraga oluvchi tomonidan uy-joy uchun olti oy mobaynida, qisqa muddatli ijarada esa shartnomada belgilangan haq toʻlash muddati oʻtganidan keyin ikki martadan koʻproq haq toʻlanmagan boʻlsa, ijaraga oluvchi yoki xatti-harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar tomonidan uy-joy vayron qilinsa yoki unga putur yetkazilsa, uy-joydan gʻayrihuquqiy qilmishlarni sodir etish uchun foydalanilgan boʻlsa, ijaraga beruvchining talabiga binoan sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kodeksiga binoan, Uy, kvartira mulkdori oʻzi bilan birga yashayotgan voyaga yetgan oila aʼzolarining roziligi bilan yoki yuridik shaxsning vakolatli organi qaroriga binoan uyni, kvartirani yoxud ularning bir qismini fuqarolarga va yuridik shaxslarga ijaraga yoki arendaga berishga haqli hisoblanadi.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasini bekor qilish uchun asos boʻlgan qoidabuzarliklarga barham berish tartibi va muddatlari qonun bilan belgilab qoʻyiladi.
Belgilangan tartibga koʻra ijara shartnomasi taraflarning kelishuvi bilan bekor qilinadi. Ijara shartnomasini ijaraga beruvchining talabi bilan bekor qilish muayyan asoslarga koʻra faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi yuridik
xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi Saidislom Djamalov