Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

KREDIT SHARTNOMASI


KREDIT SHARTNOMASI

Yangiliklar / 25.03.2024

Kredit shartnomasi boʻyicha bir taraf — bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablagʻlari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar toʻlash majburiyatini oladi.

Qonunchilikka muvofiq kredit tashkilotlari boʻlmagan tijorat tashkilotlarining kreditlashni amalga oshirishiga yoʻl qoʻyilgan hollarda kredit shartnomasi toʻgʻrisidagi qoidalar bunday tijorat tashkilotlari amalga oshiradigan kreditlash munosabatlariga nisbatan qoʻllanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 745-moddasiga koʻra, Kredit shartnomasi yozma shaklda tuzilishi shartligi belgilangan. Bunda yozma shaklga rioya qilmaslik kredit shartnomasining haqiqiy boʻlmasligiga olib keladi. Bunday shartnoma oʻz-oʻzidan haqiqiy boʻlmaydi.

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi yuridik

xizmat koʻrsatish markazi boshligʻi            Saidislom Djamalov