Янгиликлар
Reklamada - voyaga yetmaganlarni obroʻsizlantirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Reklamada - voyaga yetmaganlarni obroʻsizlantirishga
yoʻl qoʻyilmaydi.
Voyaga yetmaganlarni ularning ishonchini va tajribasi yetishmasligini suiisteʼmol qilishlardan himoya etish maqsadida reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
- voyaga yetmaganlarning isteʼmol qilishi taqiqlangan tovarlarni isteʼmol qilayotgan yoki ulardan foydalanayotgan voyaga yetmaganlarning tasvirlaridan foydalanish;
-xavfli vaziyatlarda, shu bilan birga ularning hayoti va sogʻligʻiga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishga, shu jumladan oʻz sogʻligiga zarar yetkazishga undovchi vaziyatlarda voyaga yetmaganlarni namoyish etishdan foydalanish;
-voyaga yetmaganlarni tovarlarni olishga daʼvat qilish yoki reklama qilinayotgan tovarlarni olishni iltimos qilib uchinchi shaxslarga murojaat etishga undash;
-haqiqiy yoki oʻyinchoq quroldan foydalanish;
-ota-onalar va tarbiyachilarni obroʻsizlantirish, voyaga yetmaganlarning ularga boʻlgan ishonchiga putur yetkazish;
-voyaga yetmaganlar olishi yoki isteʼmol qilishi taqiqlangan tovarlarni voyaga yetmaganlar uchun moʻljallangan telekanallarda, telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlarda reklama qilish.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi Saidislom Jamolov