Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIGA BOLALARNI QABUL QILISH


MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTIGA

                        BOLALARNI QABUL QILISH

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.05.2019-yildagi 391-son qaroriga koʻra, bolani maktabgacha taʼlim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda boʻsh joylar boʻlsa, kalendar yil davomida bola qonuniy vakilining arizasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yoʻllanma (davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun), bola sogʻligʻi holati toʻgʻrisidagi tibbiy maʼlumotnoma asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari boʻlgan bolalar qoʻshimcha ravishda psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasini taqdim etadi.

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan bolalar qabul qilinib, joriy oʻquv yili davomida 7 yoshga toʻlgan tarbiyalanuvchilar keyingi oʻquv yilining boshlanishiga qadar tashkilotda qoladi.

Bolani davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha taʼlim tashkiloti va bolaning qonuniy vakili oʻrtasida tuziladigan shartnoma hamda maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.

Bolaning qonuniy vakili va maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasida tuziladigan shartnoma tarbiyalanuvchining maktabgacha taʼlim tashkilotini bitirgunicha yoki undan ketgunicha kuchda boʻladi.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                      Saidislom Jamolov