Янгиликлар
MEHNAT SHARTNOMASINING QOʻSHIMCHA SHARTLARI
MEHNAT SHARTNOMASINING QOʻSHIMCHA SHARTLARI
Tomonlarning kelishuviga koʻra mehnat shartnomasida qoʻshimcha shartlar nazarda tutilishi mumkin. Ular tomonlarning majburiyatlarini aniqlashi, ularni toʻldirishi, xodimga qoʻshimcha imtiyoz va afzalliklar berilishini nazarda tutishi mumkin.
Qoʻshimcha shartlarga quyidagilar kiritilishi mumkin:
bir necha kasbda ishlash tartibi va shartlari koʻrsatilgan holda mehnat shartnomasining mustaqil sharti sifatida bir necha kasb (lavozim)da ishlash, agar xodim sinov muddati bilan ishga qabul qilinayotgan boʻlsa, sinovning aniq muddati (qachondan qachongacha), xodimning yuqori malakasi, agar bu amaldagi qonunchilikda, jamoa shartnomasida (barcha darajadagi bitimlarda) yoki korxona, tashkilot, muassasada amal qiluvchi boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda murakkabroq ishlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan mehnatga haq toʻlash (tarif stavkalari, lavozim maoshlari, qoʻshimcha haqlar, ustamalar, mukofotlar va boshqa xildagi taqdirlashlar)ning yuqoriroq miqdorlarini yakka tartibda belgilash, xodim uchun belgilangan ish vaqti rejimi (toʻliqsiz ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, qisqartirilgan ish vaqti, soatbay ish, ish kunining boshlanishi va tamom boʻlishi va boshqalar), qoʻshimcha (haqi toʻlanadigan va haqi toʻlanmaydigan) dam olish kunlari, taʼtillar berish, ijtimoiy-maishiy tusdagi sharoitlar (bolalar bogʻchasida oʻrin, sanatoriya-kurortda davolanishga yoʻllanma taʼminlanishi, transport xizmati, markazlashtirilgan tartibda oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, uy-joy berish va boshqalar), muddatli mehnat shartnomasi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda muddatidan oldin bekor qilinganda neustoyka toʻlash
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi Saidislom Jamolov