Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

MEHNAT ARBITRAJI


                            MEHNAT ARBITRAJI

 

Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 26.07.2023-yilda roʻyxatdan oʻtgan, (roʻyxat raqami 3449) buyrugʻiga asosan, mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosini nizo taraflari ularning vakillari ishtirokida koʻrib chiqishi belgilangan. Bunda: respublika darajasidagi jamoaviy mehnat nizosi yetti nafar arbitr tomonidan, tarmoq darajasidagi jamoaviy mehnat nizosi besh nafar arbitr tomonidan, boshlangʻich va hududiy darajadagi jamoaviy mehnat nizosi uch nafar arbitr tomonidan koʻrib chiqilishi lozim.

Mehnat arbitraji jamoaviy mehnat nizosining holatlari tekshirilganidan soʻng, uning mohiyatiga koʻra qaror qabul qiladi. Bunda, respublika yoki tarmoq yoxud boshlangʻich va hududiy darajadagi jamoaviy mehnat nizosi boʻyicha ushbu nizoni koʻrib chiqayotgan arbitrlarning koʻpchilik ovozi bilan qaror qabul qilinadi.

Qonunchilikda, Jamoaviy mehnat nizosi taraflarining murojaatlarini koʻrib chiqadi, jamoaviy mehnat nizosiga taalluqli boʻlgan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni oladi, zarur boʻlgan hollarda, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini jamoaviy mehnat nizosining ehtimol tutilgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa oqibatlari toʻgʻrisida xabardor qiladi, jamoaviy mehnat nizosining mohiyatiga koʻra qaror qabul qiladi.

Mehnat arbitraji qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Mehnat arbitrajining jamoaviy mehnat nizosini hal etish (tartibga solish) toʻgʻrisidagi qarori ushbu nizo taraflariga qaror qabul qilingan kunning keyingi ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda topshiriladi.

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                          Saidislom Jamolov