Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

TOPSHIRIQ SHARTNOMASI


                          TOPSHIRIQ SHARTNOMASI

 

Topshiriq shartnomasi boʻyicha bir taraf vakil ikkinchi taraf   topshiriq beruvchining nomidan va uning hisobidan muayyan yuridik harakatlarni sodir etish majburiyatini oladi. Vakil tuzgan bitim boʻyicha huquq va majburiyatlar bevosita topshiriq beruvchida vujudga keladi. Topshiriq vakil tomonidan bir yoki bir necha muayyan yuridik harakatlarni sodir etish haqida yoki topshiriq beruvchining ishlarini uning koʻrsatmalariga muvofiq yuritish haqida berilishi mumkin.

 

Vakil alohida huquqlarga ega boʻladigan topshiriq shartnomasi boʻyicha bir taraf (topshiriq beruvchi) ikkinchi tarafga (alohida huquqlarga ega boʻlgan vakilga) topshiriq beruvchi nomidan va uning hisobidan maʼlum sohada yoki (va) maʼlum hududda topshiriq beruvchi uchun yuridik ahamiyatga ega boʻlgan hamma harakatlarni sodir etishni topshiradi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 817-moddasiga koʻra, topshiriq shartnomasi yozma shaklda tuziladi. Topshiriq shartnomasi vakil topshiriq beruvchining nomidan ish olib borishga haqli boʻladigan muddatni koʻrsatgan yoki bunday muddatni koʻrsatmagan holda tuzilishi mumkin.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                          Saidislom Jamolov