Янгиликлар
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI
UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI
Uzluksiz kasbiy rivojlantirishning maqsadi — xodimlarning egallab turgan lavozimlari, mutaxassisligi yoki dars beradigan fanlari boʻyicha kasbiy va pedagogik mahorati doimiy ravishda oʻsib borishini, ularning ilgʻor pedagogik va axborot texnologiyalari, shuningdek, oʻqitishning interaktiv usullari boʻyicha kasbiy bilimlari, malaka va koʻnikmalari muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlash hamda ularni davlat taʼlim standartlari, davlat taʼlim talablari va sohaga oid qonunchilik bilan muntazam tanishtirib borishdan iborat. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17.01.2022-yildagi 25-son qaroriga koʻra, uzluksiz kasbiy rivojlantirishda taʼlim olishning quyidagi shakllaridan foydalaniladi: ishlab chiqarishdan ajralgan holda taʼlim olish, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda taʼlim olish, masofaviy taʼlim, dual taʼlim, mustaqil taʼlim, malaka oshirishning muqobil shakllari deb koʻrsatilgan.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi oʻquv jarayoni ixtisoslashtirilgan taʼlim tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadigan mashgʻulotlar jadvali asosida olib boriladi. Auditoriya mashgʻulotlarining barcha turlari uchun 80 daqiqa davom etadigan dars juftligi belgilanadi.
Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslaridagi oʻquv mashgʻulotlari: maʼruza, amaliy mashgʻulot, laboratoriya ishi, seminar, tajriba almashish darsi, trening, interfaol mashgʻulotlar va boshqa shakllarda olib boriladi, tasdiqlangan oʻquv rejalari hamda dasturlariga mos ravishda tuzilgan va bir nechta oʻquv fani modullarini oʻz tarkibiga olgan ishchi oʻquv rejalari asosida tashkil etiladi.
Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish
Markazi boshligʻi Saidislom Jamolov