Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

TADBIRKORLIK SUBEKTLARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA


TADBIRKORLIK SUBEKTLARINI DAVLAT ROʻYXATIDAN

                       OʻTKAZISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA

 

“Tadbirkorlik subektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimchalar kiritish” toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 13-oktyabrda 538-sonli qarori   qabul qilingan.

 

Qarorga koʻra, tadbirkorlik subektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimida hunarmandchilik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hunarmandchilik subektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida ariza beruvchilar hohishiga koʻra “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish haqidagi arizasini “Hunarmand” uyushmasiga kompozit usulda yuborish imkoniyati yaratiladi.

 

Shuningdek, “Hunarmand” uyushmasiga hunarmandchilik subektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida ariza beruvchilarning “Hunarmand” uyushmasiga aʼzo boʻlish haqida Tadbirkorlik subektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan arizalarini qabul qilish va natijasini mazkur tizim orqali yuborish yoʻlga qoʻyiladi.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                          Saidislom Jamolov