Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

TIBBIYOT XODIMLARI MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN TARTIBGA SOLISH


TIBBIYOT XODIMLARI MEHNATINI HUQUQIY JIHATDAN

                                     TARTIBGA SOLISH

 

Tibbiyot xodimlari uchun ish vaqtining haftasiga oʻttiz olti soatdan ortiq boʻlmagan qisqartirilgan davomiyligi belgilanadi.

 

Mehnat kodeksining 502-moddasiga asosan, ayrim toifadagi tibbiyot xodimlari yillik qoʻshimcha mehnat taʼtili olish huquqiga ega.

 

Tibbiyot xodimlari ish vaqtining va yillik qoʻshimcha mehnat taʼtilining davomiyligi, shuningdek ularning mehnatiga haq toʻlash razryadlari hamda tarif stavkasiga (maoshga) qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

 

Rahbar xodimlar mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tibbiyot tashkilotlari guruhlari oʻzi bevosita boʻysunadigan sogʻliqni saqlashni boshqarish organlari tomonidan, davolangan bemorlar soniga qarab — statsionar muassasalar uchun, xizmat koʻrsatiladigan aholi soniga qarab — ambulatoriya-poliklinika xizmati va boshqa tibbiyot tashkilotlari uchun belgilanadi. Sogʻliqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, shuningdek bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasi boʻyicha razryad sogʻliqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalashtiriladi.

 

Agar shifokorning mutaxassisligi boʻyicha ish stajida uch yil yoki undan ortiq tanaffus mavjud boʻlsa (ijtimoiy taʼtillar, tibbiyotga ixtisoslashmagan mutaxassislikda ishlash, uzoq davom etgan kasallik, nogironlik va boshqalar), shifokor oʻz kasbiy faoliyatini qayta boshlashdan oldin avvalgi yillarda olinganligi toʻgʻrisida hujjat bilan tasdiqlangan mavjud bazaviy, asosiy yoki qoʻshimcha mutaxassislikka muvofiq ixtisoslashuv kurslaridan oʻtishi shart. Ixtisoslashuv kurslaridan oʻtish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

 

 

Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish

Markazi boshligʻi                                          Saidislom Jamolov