Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Maqola loyiha. Tabiiy zahiralar hammaning mulki!


Maqola loyiha.

 

 

Tabiiy zahiralar hammaning mulki!

Tabiiy zahiralar hammaning mulki: yagona chora uni tejash. Bugun dunyo aholisining toʻrtdan uch qismi ekologik qarzdor.

Siz, Biz nima qila olamiz? Shunchaki ishxona va uydagi elektr zaxiralarini tejang. Bu aslida umuman qiyin emas. Biroq har birimiz uchun manfaatli ishdir. Qurilma ishlatilmaganda elektr simini tarmoqdan uzing.

Koʻpchilik elektr tarmogʻiga ulangan qurilmalar qancha elektr energiyasini sarflashini bilmaydi. Masalan, oʻchiq televizorlar, kompyuterlar, zaryadlangan telefonlar. Ular sarflaydigan elektr energiyasi miqdori oz, biroq uzoq muddat ulangan holatda turganda bunday deb boʻlmaydi.

Kundalik odatlaringizni oʻzgartiring! Energiyani tejash uchun, kerak boʻlmaganda, chiroqlarni yoki qurilmalarni oʻchiring. Elektr choynakda faqatgina oʻzingiz uchun zarur boʻlgan suvni qaynating. Kompyuteringizda kutib turish funksiyasini faollashtiring. Konditsioneringizni ishga tushirganingizda, oynalarni yopib quying.

Jahon tashkilotlari hisobotlaridan birida “Agar biz dunyo tabiiy zahiralardan hozirgi darajada foydalanishda davom etsak, kelgusi oʻttiz yil mobaynida hayotiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun yana bir sayyoraga barobar zahira kerak boʻladi”, deyilgan edi.

Biz yana bir sayyoraga barobar zahirani toʻplay olmaymiz. Koʻpchilik boʻlib qila oladigan yagona choramiz uni tejash va asrab-avaylab ishlatishdir.

Ayni shu maqsadda, yurtimizda energoresurslardan oqilona foydalanishni taminlash maqsadida joriy yilning 16-aprelida
“Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 204-son Hukumat qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan energoresurslar bilan bogʻliq bir qator yangiliklar joriy qilinmoqda, xususan:

1. Maishiy isteʼmolchilar uchun ijtimoiy meʼyorlar belgilandi.

Qaror bilan, 1-maydan boshlab maishiy isteʼmolchilar (aholi xonadonlari) uchun quyidagicha ijtimoiy (bazaviy) meʼyorlar kiritiladi:

elektr energiyasi – oyiga 200 kWhʻgacha;

tabiiy gaz (mart–oktyabr oylarida) – oyiga 100 kubometrgacha;

tabiiy gaz (noyabr–fevral oylarida) – oyiga 500 kubometrgacha.

Geografik va iqlim sharoitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitish mavsumi respublikaning boshqa hududlaridan farqli ravishda oktyabr–fevral oylari deb belgilandi.

2. 2024-yil 1-maydan yangi tariflar kuchga kiradi

Elektr energiyasi uchun

Maishiy isteʼmolchilar uchun tariflar (1 kWh uchun, oyiga):

— 200 kWhʻgacha – 450 soʻm (hozirda 295 soʻm);

— 201 kWhʻdan 1000 kWhʻgacha – 900 soʻm;

— 1001 kWhʻdan 5000 kWhʻgacha – 1350 soʻm;

— 5001 kWhʻdan 10 000 kWhʻgacha – 1575 soʻm;

— 10 001 kWhʻdan keyin – 1800 soʻm.

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan koʻp qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchi maishiy isteʼmolchilar belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida toʻlashda davom etadi.

Hisob-kitoblarga koʻra bitta xonadonda 11 turdagi elektr jihozlari ishlatilganida bir oyda oʻrtacha 180 kWh energiya sarflanadi.

Tabiiy gaz uchun

Isitish mavsumida – noyabr-fevral oylarida aholi xonadonlari uchun tabiiy gaz tariflari (1 kubometr uchun, oyiga):

— 500 kubometrgacha – 650 soʻm (hozirda 380 soʻm);

— 501 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1500 soʻm;

— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 1950 soʻm;

— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2275 soʻm;

— 10 001 kubometrdan keyin – 2600 soʻm.

Hisob-kitoblarga koʻra bitta xonadonda bir oyda oʻrtacha
500 kub/metr tabiiy gaz ishlatiladi.

Mart–oktyabr oylarida:

— 100 kubometrgacha – 650 soʻm;

— 101 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1500 soʻm;

— 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha – 1950 soʻm;

— 5001 kubometrdan 10 000 kubometrgacha – 2275 soʻm;

— 10 001 kubometrdan keyin – 2600 soʻm.

3. Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi maʼlumotlar har oyda yuboriladi

2024-yil 1-iyundan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz boʻyicha oylik maʼlumot “bazaviy meʼyor” va undan ortiq hajmlar kesimida isteʼmolchilarga yuboriladi.

4. Ehtiyojmand oilalarga meʼyordan ortiq ishlatilgan elektr
va gaz uchun pul beriladi

Isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga quyidagi kompensatsiyalar beriladi:

– noyabrda 270 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam;

– elektr va gaz boʻyicha bazaviy meʼyordan oshgan narxlar oʻrtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

gaz uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

elektr uchun – oyiga bazaviy meʼyordan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridagi ehtiyojmand oilalar uchun toʻlovlar oktyabr oyidan boshlab toʻlanadi.

Ehtiyojmand oila sifatida “Ijtimoiy himoya yagona reestri” tizimiga kiritilgan oilalar tushuniladi. “Mahalla yettiligi” tomonidan Yagona reestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning esa qoʻshimcha roʻyxati shakllantiriladi.

Tuman (shahar) hokimliklari ham mahallalar kesimidagi ehtiyojmand oilalar qoʻshimcha roʻyxatiga oʻzgartirish kiritishi mumkin.

5. Ehtiyojmand oilalar kompensatsiya olish uchun “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilishi kerak

Kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar noyabr – mart oylarida (har oyning 15-sanasigacha) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi.

Bunda, arizada pasport maʼlumotlari, abonent raqami va telefon raqami koʻrsatiladi. Ariza berilgan oyning 27-sanasigacha “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgaztaʼminot” AJ bilan birgalikda oʻrganiladi.

Oʻrganish natijasi asosida kompensatsiya pullari ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasigacha ehtiyojmand oilalarning plastik kartasiga oʻtkazib beriladi.

6. Plastik kartasi boʻlmagan ehtiyojmand oilalarga karta bepul ochib beriladi

Hokimliklar Xalq banki bilan birgalikda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan taqdim etilgan roʻyxatga muvofiq 2024-yil 1-noyabrgacha bank plastik kartasi boʻlmagan ehtiyojmand oilalar vakiliga bepul asosda plastik kartalar ochib berilishini taʼminlaydi.

Ibrohim Xatamov

Oqqoʻrgʻon tumani adliya boʻlimi boshligʻi