Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanadi, tahlil qilinadi va bartaraf etiladi.


“Oqqoʻrgʻon ovozi” gazetasiga

maqola loyihasi

 

Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanadi, tahlil qilinadi va bartaraf etiladi.

Mamlakatimizda adliya idoralarining salohiyati oʻsib bormoqda, buni yaqinda qabul qilingan Prezidentimizning “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida koʻrish mumkin. Adliya idoralari tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolar aniqlanib, ularni tahlil qilish va bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. (Maʼlumot uchun: PF-80-son, 24.05.2024-y.)

Qabul qilingan Farmonga koʻra adliya organlarining qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari belgilandi, jumladan:

- aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish boʻyicha amaliy choralar koʻrib borish;

- joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;

- fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish va muvofiqlashtirib borish;

- davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib borish.

Oʻz oʻrnida tuman (shahar) adliya boʻlimlariga

- joylarda aholi tomonidan koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni koʻrib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini oʻtkazish.

- Bunda olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlarini koʻrsatib borish;

- uyma-uy yurish va “Huquqiy koʻmak” aksiyalarini oʻtkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

- “mahalla yettiligi”ga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek ular tomonidan “Online-mahalla” platformasiga kiritilgan aholining kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borish;

- aholiga, avvalambor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatilishini taʼminlash;

- yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarni, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish;

- davlat organlari va tashkilotlarining tuman (shahar) boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda ularga metodik yordam koʻrsatib borish kabi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.

Fuqarolarga protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashiladi, yaʼni 2024-yil 1-iyuldan fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam koʻrsatishning quyidagi tartibi joriy qilinadi:

Adliya vazirligi tomonidan “Madad” NNT bilan hamkorlikda respublikaning barcha tuman va shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida “Madad” NNTning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich tashkil qilinadi;

huquqiy maslahat byurolari tomonidan aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriladi, shuningdek nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur boʻladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashiladi.

fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida “Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshirilib, loyiha doirasida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari raislarining huquqiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan qisqa muddatli bepul oʻquv kurslari tashkil etiladi;

maktablarda 2024/2025 oʻquv yilidan, Adliya vazirligining maxsus elektron platformasi orqali huquq fani oʻqituvchilarining kasbiy bilim va koʻnikmalarini uzluksiz oshirib borish hamda ularni metodik taʼminlash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

oʻquvchilar oʻrtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, huquq fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Eng yaxshi huquq oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovi oʻtkazib boriladi;

maktab oʻquvchilarining huquqiy bilimlarni mustaqil oʻzlashtirishiga qaratilgan koʻrgazmali oʻquv qoʻllanmalari, videoroliklar, kompyuter oʻyinlari va mobil ilovalar yaratilishi belgilab qoʻyildi.

Qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi, 2024-yil 1-iyundan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi.

Bunda: Adliya vazirligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqib huquqiy targʻibot materiallari tayyorlanadi hamda ularning eng quyi boʻgʻinigacha Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali yuboriladi;

davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy axborotni yetkazishga oid faoliyati raqamlashtiriladi va huquqiy targʻibotning innovatsion usullari keng tatbiq etiladi;

davlat organlari va tashkilotlarida oʻz faoliyati sohasiga oid huquqiy axborotlarni aholiga yetkazish faoliyatini tashkil qilish hamda muvofiqlashtirishga masʼul boʻlinmalar belgilanadi;

davlat organlari va tashkilotlari tomonidan qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish darajasi va sifati ular faoliyatining samaradorligini baholash mezonlaridan biri hisoblanadi.

Haftaning har chorshanba kuni huquqiy targʻibot kuni etib belgilandi, mahallalarda haftaning har chorshanba kuni huquqiy targʻibot kuni etib belgilandi.

“Online-mahalla” platformasiga kiritilgan va joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlariga qaratilgan manzilli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish;

aholi uchun eng dolzarb masalalarni aniqlash orqali ular yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan taʼminlash, ijtimoiy yordam olish tartibi boʻyicha tizimli huquqiy targʻibot tadbirlarini oʻtkazish;

kundalik hayotda eng koʻp zarur boʻladigan davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi hamda ulardan YAIDXP (my.gov.uz) va boshqa elektron resurslar orqali foydalanishning afzalliklari toʻgʻrisida huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish.

 

Ibroxim Xatamov

Oqqoʻrgʻon tumani adliya

boʻlimi boshligʻi