Янгиликлар
OʻQITUVCHI MALAKA OSHIRISHGA KETGANDA, OʻRNIGA ISHLAGAN OʻQITUVCHIGA QAY TARTIBDA OYLIK TOʻLANADI?
OʻQITUVCHI MALAKA OSHIRISHGA KETGANDA, OʻRNIGA ISHLAGAN OʻQITUVCHIGA QAY TARTIBDA OYLIK TOʻLANADI?
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktyabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻrindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomi 20-bandi uchinchi xatboshiga koʻra bir necha kasbda va lavozimda ishlashga, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirishga, ishlar hajmini koʻpaytirishga shunday kasb va lavozim boʻyicha boʻsh ish oʻrni mavjud boʻlganda yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda xodim tomonidan vaqtinchalik yoʻq boʻlgan xodimning vazifalarini bajarishda yoʻl qoʻyiladi.
Ushbu qoidaning mazmuniga koʻra agar boʻlib oʻtiladigan darslarni oʻtadigan oʻqituvchi kasalligi tufayli mehnatga layoqatsizlik davrida boʻlsa, malaka oshirishga jalb qilinsa, mehnat taʼtiliga chiqsa, uning darslarini qoʻshib oʻtish mumkin boʻladi.
Nizomning 22-bandiga koʻra xodimga boshqa lavozimni vaqtincha yuklash uchun xodimning yozma roziligini olish talab etiladi. Bundan koʻrinib turibdiki, darslarni oʻqituvchiga yuklash uchun uning oʻzidan yozma rozilik olinishi kerak.
23-bandida kasblar va lavozimlarda bir necha kasb va lavozim asosida ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlanishi belgilangan.
Lekin ushbu nizom 25-bandiga muvofiq byudjet tashkilotlarida bir necha kasb va lavozimda ishlaganlik, xizmat koʻrsatish zonasini kengaytirganlik, ishlar hajmini koʻpaytirganlik uchun qoʻshimcha haq toʻlash miqdori bir necha kasb va lavozimda ishlanayotgan lavozim boʻyicha maoshning (tarif stavkasining) 50 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.
Demak, bir oʻqituvchi oʻqishga ketgan vaqtda uning ishini qilgan oʻqituvchiga oʻqishga ketgan oʻqituvchi ish haqi miqdorining 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdora haq toʻlash kerak.
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon bosh yuriskonsulti oʻgʻli