Янгиликлар
Oʻqituvchiga vaqtincha ishda boʻlmagan pedagogning sinf rahbarligi yuklatilsa, unga qancha miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanishi kerak?
Oʻqituvchiga vaqtincha ishda boʻlmagan pedagogning sinf rahbarligi yuklatilsa, unga qancha miqdorda qoʻshimcha haq toʻlanishi kerak?
Oʻqituvchiga biriktirilgan sinf va sinf rahbarligi qoʻshimcha haq toʻlanadigan toʻlovlar tarkibiga kiradi. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorining 4-bandiga koʻra sinf rahbarligi uchun qoʻshimcha haq sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra belgilangan miqdorlar boʻyicha hisoblanadi.
Shuningdek, "Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida"gi nizomning 23-band, 12-xatboshiga koʻra vakant sinf rahbarligi boʻyicha qoʻshimcha haq toʻlovlari sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra belgilangan miqdorlarda hisoblanishi nazarda tutilgan.
Demak, taʼlim muassasasidagi vakant yoki vaqtincha ishda boʻlmagan xodimning sinf rahbarligi boshqa bir oʻqituvchiga yuklatilgan taqdirda sinf rahbarligi toʻlovining 50 foizi emas, aksincha sinfdagi oʻquvchilar sonidan kelib chiqadigan summaning 100 foizi toʻlab berilishi lozim.
Bunda sinfdagi oʻquvchilar soniga koʻra sinf rahbarligi uchun quyidagi miqdorda qoʻshimcha haq toʻlab berilishi lozim:
15 nafar oʻquvchigacha — 258 ming 720 soʻm;
16 nafardan 20 nafar oʻquvchigacha — 309 ming 680 soʻm;
21 nafardan 25 nafar oʻquvchigacha — 361 ming 620 soʻm;
26 nafardan 30 nafar oʻquvchigacha — 412 ming 580 soʻm;
31 nafar va undan koʻp oʻquvchi boʻlganda — 517 ming 440 soʻm.
Ohangaron tuman Adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi Xalimov Abdulazizjon Doniyorjon bosh yuriskonsulti oʻgʻli