Янгиликлар
Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish haqida bilasizmi?
Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish haqida bilasizmi?
O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 75-moddasiga ko’ra, hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan sud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashi mumkin.
Bunday shaxslar tuzalganidan keyin, ushbu Kodeksning 69-moddasida nazarda tutilgan va sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, jazo ijro etiladi.
Intizomiy qismga jo‘natish yoxud xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchilar, ularning sog‘lig‘i harbiy xizmat uchun yaroqsiz deb topilgan bo‘lsa, jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar. Xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchi ayollar ularga homiladorlik va tug‘ish ta’tili berilishi munosabati bilan ham jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar.
Majburiy jamoat ishlariga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslar jazoni o‘tash vaqtida mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolsalar yoxud pensiya yoshiga yetgan bo‘lsalar, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni o‘tayotgan vaqtda homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsalar, jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li