Янгиликлар
Fermer xo‘jaligining huquqlari qanday?
Fermer xo‘jaligining huquqlari qanday?
2004-yil 26-avgust, 662-II-son Fermer xo‘jaligi to’g’risidagi qonunga ko’ra, fermer xo‘jaligi quyidagi huquqlarga ega:
berilgan yer uchastkasida o‘z ustavida nazarda tutilgan ixtisoslashuvga va ijaraga olish shartnomasiga muvofiq fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish;
yer uchastkasini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jalik ekinlarini oraliq ekish uchun ikkilamchi ijaraga berish (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz);
ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishni amalga oshirish;
xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers kontraktlari tuzish;
yetishtirgan mahsulotini, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga realizatsiya qilish huquqini o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etish;
yetishtirayotgan mahsuloti, bajarayotgan ishlari va ko‘rsatayotgan xizmatlariga narx belgilash;
elektr energiyasi, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlarning, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari yetkazib berilishi, suv xo‘jaligi xizmatlari, texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishi uchun shartnomalar tuzish;
tadbirkorlik faoliyatidan qonunchilikda belgilangan tartibda soliq solinadigan, cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
olgan daromadlarini (foydasini), bank muassasasidagi o‘zining hisobvaraqlarida bo‘lgan pul mablag‘larini tasarruf etish;
aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar olish;
kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablag‘larini hamda boshqa mol-mulkini shartnoma asosida jalb etish hamda ularni ishlab chiqarishga va takror ishlab chiqarishga yo‘naltirish;
kreditlar olish uchun o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish;
kichik hamda xususiy korxonalar uchun berilgan imtiyozlar va preferensiyalarning barcha turlaridan foydalanish;
zarur asbob-uskunalar, ishlab chiqarish vositalari hamda boshqa mol-mulkni olish, ijaraga olish, binolar va inshootlar qurish hamda ularni ta’mirlash;
ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni, fan va texnika yutuqlarini joriy etish;
fan-ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish.
Fermer xo‘jaligi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li