Янгиликлар
Fermer xo‘jaligini tugatish asoslari qanday?
Fermer xo‘jaligini tugatish asoslari qanday?
2004-yil 26-avgust, 662-II-son Fermer xo‘jaligi to’g’risidagi qonunga ko’ra, Fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi:
fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasi berish bo‘yicha ochiq elektron tanlovda fermer xo‘jaligi boshlig‘i tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan mol-mulk, texnika va pul mablag‘lari ustav fondiga kiritilmaganda;
moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda;
yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganida;
fermer xo‘jaligi bankrot deb topilganda, shu jumladan moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan hisob-kitob muntazam ravishda amalga oshirilmaganida;
fermer xo‘jaligining boshlig‘i vafot etib, xo‘jalik faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxo‘r bo‘lmasa;
fermer xo‘jaligining yer uchastkalarini ijaraga olish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinganda, bundan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi o‘z rahbari tomonidan fermer xo‘jaligining tashkiliy-huquqiy shaklini o‘zgartirish orqali qayta tashkil etilgan hollar mustasno.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li