Янгиликлар
Boquvchisi vafot etgan taqdirda ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash miqdori haqida bilasizmi?
Boquvchisi vafot etgan taqdirda ko‘rilgan zararning o‘rnini qoplash miqdori haqida bilasizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1010-moddasiga ko‘ra, Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga zarar marhumning ushbu Kodeks 1007-moddasi qoidalari bo‘yicha aniqlangan ish haqi (daromadi)ning marhum hayot vaqtida ular o‘z ta’minoti uchun olgan yoki olish huquqiga ega bo‘lgan ulushi miqdorida qoplanadi. Bu shaxslarga zararni qoplashni aniqlashda marhumning daromadlari tarkibiga ish haqi (daromad) bilan bir qatorda u hayot vaqtida olgan pensiya, umrbod ta’minot va boshqa shunga o‘xshash to‘lovlar kiritiladi.
Zararning o‘rnini qoplash miqdorini aniqlashda boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan shaxslarga tayinlangan pensiya, shuningdek boquvchisining vafotidan oldin ham, vafotidan keyin ham tayinlangan boshqa turdagi pensiyalar hamda ish haqi (daromad), stipendiya qoplash hisobiga kiritilmaydi.
Boquvchisi vafot etganligi munosabati bilan zararni undirish huquqiga ega bo‘lganlarning har biriga belgilangan qoplash miqdori keyinchalik qaytadan hisoblab chiqilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:
boquvchining vafotidan keyin farzand tug‘ilishi;
vafot etgan boquvchining bolalari, nevaralari, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlashda band bo‘lgan shaxslarga haq to‘lashni tayinlash yoki uni to‘xtatish.
Qonunchilikda yoki shartnomada qoplash miqdorini ko‘paytirish nazarda tutilishi mumkin.
Ohangaron tuman Adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh yuriskonsulti Xujaqulov Sardorjon G‘anibek o‘g‘li