Янгиликлар
Xotin-qizlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalardan xabardormisiz?
Xotin-qizlarga koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalardan xabardormisiz?
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrda “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal yetishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-209-sonli farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonning 5-ilovasida “Mahalla yettiligi”ning kollegial qarorlari asosida koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalar roʻyxati keltirib oʻtilgan boʻlib, unga koʻra, mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan 27 turdagi ijtimoiy yordam va subsidiyalarning hujjatlari shakllantiriladi. Ularning 5 tasi sektor rahbari xulosasi asosida, 9 tasi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga berilishi belgilangan. Shuningdek, roʻyxatdan tibbiy yordam koʻrsatish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, ipoteka kreditlarining boshlangʻich badalini toʻlab berish, kasb-hunarga oʻqitish va kasb-hunarga oʻqitilgan xotin-qizlarning malakasini oshirish sohalariga doir ijtimoiy yordam va subsidiyalar oʻrin olgan.
2024-yil 1-martdan boshlab ijtimoiy yordam koʻrsatish va subsidiyalar ajratish byurokratiyadan xoli va mahallaning hamjihatligini aks yettiruvchi “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida amalga oshirilishi belgilangan. Yuqorida bayon yetilgan ijtimoiy yordam va subsidiyalarni ajratish boʻyicha hujjatlar “mahalla yettiligi”ga koʻrib chiqish uchun xotin-qizlar faoli tomonidan tayyorlanadi va kiritiladi.
Noʻmonov Lazizjon, Ohangaron tuman adliya boʻlimi Bosh maslahatchisi.