Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024-y.) qabul qilindi


“Raqamli kriminalistika sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-229-son, 21.06.2024-y.) qabul qilindi

 

        Qarorga koʻra, Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga (Akademiya) quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi, jumladan:

raqamli kriminalistika sohasida innovatsion tadqiqotlar olib borish, katta hajmdagi maʼlumotlar (“Big Data”), sunʼiy intellekt va boshqa ilgʻor texnologiyalarni tahlil qilib, amaliyotga joriy etish;

huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyatlarning raqamli izlarini aniqlash, olib qoʻyish, saqlash va tadqiq qilish boʻyicha tezkor-qidiruv tadbirlari, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini oʻtkazishda raqamli kriminalistika jihatidan amaliy yordam berish;

raqamli ekspertizaning zamonaviy texnologiyalari va vositalarini joriy etish.

        Akademiyaning Raqamli kriminalistika ilmiy-uslubiy markazi negizida Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti (Institut) tashkil etiladi.

2024-yil 1-avgustdan Institutga raqamli kriminalistika boʻyicha sud ekspertizalari va tadqiqotlarni oʻtkazish huquqi beriladi.

        Institut sud-ekspertlik faoliyati qamrovini kengaytirish maqsadida 2024-yil yakunigacha katta hajmdagi maʼlumotlar (“Big Data”) ekspertizasi oʻtkazilishini yoʻlga qoʻyadi.

“Raqamli dalillar yagona reestri” idoralararo avtomatlashtirilgan tizimining sinov versiyasi 2025-yil 1-martgacha, 2025-yil 1-avgustgacha toʻliq versiyasi joriy etiladi.

 

 

 

Ohangaron shahar YXKM bosh yuristkonsulti                       J.Raxmatillayev