Янгиликлар
25
Qonunchilikka muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida:
Qonunchilikka muvofiq, aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini koʻrsatish sohasida qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida:
Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga koʻra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;
avval davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yoʻli bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda boʻlgan koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tarzda davlat reestriga kiritish va bu haqida davlat reestridan koʻchirma berish bepul amalga oshiriladi;
noturar joylarni boshqa shaxsga oʻtkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning oʻzida davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuristkonsulti
J.Raxmatillayev