Янгиликлар
Eng namunali bogʻchalarda gimnastika xonalari tashkil qilinadi
Eng namunali bogʻchalarda gimnastika xonalari tashkil qilinadi
“Toshkent shahrida boks va gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–94-son, 22.06.2024 y) qabul qilindi
Farmonga koʻra, 2024-yil 1-sentyabrgacha:
ixtisoslashtirilgan sport maktablari uchun maqbullashtirilgan oʻquv rejalari ishlab chiqiladi.
Bunda Oʻzbekiston tarixi va ingliz tili fanlarining chuqurlashtirilgan holda oʻqitilishiga hamda umumlashgan tabiiy fan va sport psixologiyasining zamonaviy usullarda oʻrgatilishiga alohida eʼtibor qaratiladi;
ixtisoslashtirilgan sport maktablarida ikkinchi xorijiy tilni oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi;
har bir tuman va shahardan kamida 3 tadan eng namunali davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tanlab olinib, gimnastika xonalari tashkil qilinadi.
Farmonga muvofiq, ixtisoslashtirilgan sport maktablarida:
➖oʻquv-tarbiya jarayoni 5–11-sinflar doirasida maxsus taʼlim dasturlari boʻyicha tashkil etiladi;
➖qabul jarayonlariga xalqaro va mahalliy trener-seleksionerlar jalb qilinadi;
➖taʼlim jarayoni oʻquvchilar soni 12 nafardan 24 nafargacha sinflarda amalga oshiriladi;
➖oʻquvchilarining umumiy cheklangan soni 168 nafar etib belgilanadi.
❕2024/2025 oʻquv yilidan har yili mahalliy va xorijiy sport ustalari, trener hamda mashhur sportchilar ishtirokida mahorat darslari oʻtkaziladi.
Farmonga asosan, ixtisoslashtirilgan sport maktablari oʻquvchi-sportchilari Oʻzbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida alohida jamoa sifatida toʻgʻridan-toʻgʻri ishtirok etadi.
Shuningdek, ixtisoslashtirilgan sport maktablari tizimida boks va gimnastika boʻyicha trenerlar maktabi tashkil qilinadi.
2024-yil 1-sentyabrdan ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama toʻlash tartibi joriy etiladi.
Ohangaron shahar YXKM bosh yuristkonsulti
J.Raxmatillayev