Янгиликлар
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida
Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida
Mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini yagona bazada saqlash tartibi to‘g‘risida NIZOMida, mualliflik huquqi obyektlarini saqlashga qabul qiluvchi tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — depozitariylar) tomonidan mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini Mualliflik huquqi obyektlarining yagona bazasida (keyingi o‘rinlarda — Yagona baza) saqlash tartibini belgilaydi.
Nizom talablari notariuslar tomonidan mualliflik va turdosh huquq obyekti taqdim etilgan vaqtni tasdiqlash uchun tegishli ma’lumotlarni qabul qilishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Yagona bazani yuritish, texnik ta’minlash hamda mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini Yagona bazaga kiritish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda — Operator) tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Operator Yagona bazaning ishlashini, texnik kuzatuvini, axborot xavfsizligi va muntazam yangilanishini, joylashtirilgan ma’lumotlarning ochiqligini, shuningdek, mazkur bazaga ruxsat berilmagan tarzda kirishdan himoyani ta’minlaydi.
Operator tomonidan mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini Yagona bazaga kiritish jarayonlari depozitariylarning Yagona bazadan foydalanishiga uslubiy ko‘maklashish orqali muvofiqlashtiriladi.
Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
mualliflik huquqi obyekti — ijodiy faoliyat natijasi bo‘lgan obyektiv shaklga ega bo‘lgan fan, adabiyot va san’at asarlari;
mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxasi — belgilangan tartibda Yagona bazaga kiritilgan fan, adabiyot va san’at asarlarining elektron nusxasi.
Depozitariylar tomonidan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq saqlashga qabul qilingan mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalari majburiy tartibda Yagona bazada saqlanadi.
Mualliflik huquqi obyektining depozitariyga saqlash uchun topshirilishi mualliflik huquqi obyektining elektron nusxasi Yagona bazaga kiritilishi uchun asos hisoblanadi.
Mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini Yagona bazada saqlash sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Piskent tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markaz boshlig‘i M.F. Urazbayev