Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi


Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

 

Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxs tomonidan ushbu Kodeksning 27-moddasiga muvofiq uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining roziligi talab qilinadigan hollarda ularning roziligisiz tuzilgan bitim ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiysining daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar bunday bitim haqiqiy emas deb topilsa, Fuqarolik Kodeksi 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.

Bu moddaning qoidalari Fuqarolik Kodeksi 22-moddasining ikkinchi qismi va 28-moddasida nazarda tutilgan hollarda toʻla muomala layoqatiga ega boʻlgan voyaga yetmaganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

 

 

         Piskent tumani Adliya boʻlimi YUXKM                                                    bosh yuriskonsulti                                                        R.Mavlanov