Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi Garchi muomalaga layoqatli boʻlsa-da, biroq bitim tuzish vaqtida oʻz


Oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimning haqiqiy emasligi

Garchi muomalaga layoqatli boʻlsa-da, biroq bitim tuzish vaqtida oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan holatda boʻlgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitim shu fuqaroning yoki huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari bunday bitimni tuzish natijasida buzilgan boshqa shaxslarning daʼvosi boʻyicha sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.

Keyinchalik muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomonidan tuzilgan bitimni, agar bitimni tuzish paytida fuqaro oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaganligi yoki ularni boshqara olmaganligi isbotlangan boʻlsa, uning vasiysi qilgan daʼvoga muvofiq sud haqiqiy emas deb topishi mumkin.

Agar bitim ushbu modda asosida haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa, Fuqarolik Kodeksi 117-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.

Bundan tashqari, bitim tuzish paytida oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmagan yoki ularni boshqara olmagan tarafga ikkinchi taraf, agar u oʻzi bilan bitim tuzgan fuqaroning bunday holatda ekanligini bilgan yoki bilishi lozim boʻlgan boʻlsa, qilingan xarajatlarni, yoʻqotilgan mol-mulkning yoki unga yetkazilgan shikastning haqini toʻlashi kerak.

 

 

         Piskent tumani Adliya boʻlimi YUXKM                                                    bosh yuriskonsulti                                                        R.Mavlanov