Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Kechasi baqir-chaqir qilganlarga qanday javobgarlik belgilangan?


Kechasi baqir-chaqir qilganlarga qanday javobgarlik belgilangan?

 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 192-moddasiga ko‘ra, tungi vaqtda – soat 23.00 dan ertalab 06.00 gacha – fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzish, ya’ni:

 

baland ovoz bilan qo‘shiq aytish;

 

musiqa chalish;

 

tovush signallari berish;

 

xonadonlarda, turar joylarning yo‘laklari va eshiklarida, ko‘chalarda ovozi baland qilib qo‘yilgan televizorlar, radiopriyomniklar, magnitofonlar va ovoz chiqaruvchi boshqa apparaturalardan foydalanish;

 

turar joy binolarida va ulardan tashqarida juda zarur bo‘lmagani holda shovqin chiqaruvchi ishlar qilish, shuningdek maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzuvchi boshqa harakatlarni sodir etish .

 

Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi, mansabdor shaxslarga esa — uchdan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismi miqdorida, mansabdor shaxslarga esa — ikkidan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Yangiyo‘l shahar adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti

Kazimbaev Abdulaziz