Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Ishga joylashishda dastlabki sinov muddati


Ishga joylashishda dastlabki sinov muddati

 

Amaldagi Mehnat kodeksining 130-moddasiga asosan, dastlabki sinov muddati uch oydan, tashkilotlarning rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari, bosh buxgalterlar hamda tashkilotlar alohida boʻlinmalarining rahbarlari uchun esa olti oydan oshmasligi kerakligi belgilangan.

 

Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim haqiqatda ishda boʻlmagan boshqa davrlar dastlabki sinov muddatiga qoʻshilmaydi.

 

Bundan avvalgi Mehnat kodeksida sinov muddati qoʻllanilishi mumkin boʻlgan barcha toifadagi hodimlar uchun bu muddat 3 oydan oshmasligi belgilangan edi. 2023-yilda yangilangan amaldagi kodeksda esa, mavqei yuqoriroq lavozimlarga ishga kirishda sinov muddati koʻrib turganingizdek 6 oygacha etib belgilanishi mumkin

 

Yangiyo‘l shahar adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti

Kamalov Sag‘inbay