Янгиликлар
Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi
Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to'g'risida”gi PF-80-sonli Prezident Farmoniga muvofiq, aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga davlat xizmatlarini ko'rsatish sohasida qo'shimcha qulaylik yaratish maqsadida:
Mobile-ID tizimida fuqarolarni identifikatsiya qilish ularning xohishiga ko'ra ID-karta va xorijga chiqish biometrik pasportini davlat xizmatlari markazlari orqali rasmiylashtirish jarayonida kompozit shaklda amalga oshiriladi;
avval davlat ro'yxatidan o'tkazilgan (davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo'li bilan tasdiqlangan) va hozir ham amalda bo'lgan ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlar to'g'risidagi ma'lumotlarni elektron tarzda davlat reestriga kiritish va bu haqida davlat reestridan ko'chirma berish bepul amalga oshiriladi;
noturar joylarni boshqa shaxsga o'tkazishga oid bitimlarni rasmiylashtirish bitim tomonlari davlat xizmatlari markaziga kelgan va ularning shaxsi markaz xodimi tomonidan aniqlashtirilgan holda amalga oshiriladi hamda rasmiylashtirilgan bitim bir vaqtning o'zida davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun kadastr organlariga yuboriladi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig’i A.Toshmatjonov