Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Xotin qizlar-tadbirkor!


Xotin qizlar-tadbirkor!

Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish, kambag’allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish maqsadida 2020 yil 14 oktyabrida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida” gi PQ-4862-sonli qarori qabul qilinib, ijroga qaratilgan.

Mazkur qarorga asosan, 2020 yil 15 noyabrdan boshlab yoshlar va xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko’nikmalariga o’qitishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida:

Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan ma’qullangan dasturlar va belgilangan talablar asosida tashkil etilgan o’quv kurslarini tamomlagan har bir bitiruvchi (yoshlar, xotin-qizlar) uchun kasb-hunar va tadbirkorlikka o’qitish bo’yicha nodavlat ta’lim tashkilotlari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar (keyingi o’rinlarda — professional ta’lim muassasalari), Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda uning hududiy filiallariga sarflangan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga
1 million so’mdan ortiq bo’lmagan miqdori davlat tomonidan qoplab beriladi.

Bugungi kunda Mamlakatimizda xotin-qizlarning faolligini oshirish, ayollar tadbirkorligini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik ko’nikmalarini o’rgatish oldimizga qo’ygan maqsadimizdir. Shu tufayli, Bosh vazir o’rinbosari rahbarligida bir oy muddatda 2024-2025 yillarda tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug’ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqilishi, Kredit ajratishda ustuvorlik “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlar tomonidan amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarga berilishi hamda Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish bo’yicha maxsus komissiya tomonidan 2024-2025 yillarda tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug’ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash dasturi tasdiqlanishi belgilab olindi.  

Umuman olganda, Nafosat va go’zallik timsoli bo’lgan nozik xilqat egalari-o’z haq-huquqlaringizni anglab yashagan holda, doimo yurtimizning aziz va mukarrama ayollari bo’lib yurishingizga tilakdoshmiz.  

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N. Anarqulova