Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar qo’llab-quvvatlanadi.


Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar qo’llab-quvvatlanadi.

 

Mehnat migratsiyasi jarayonlarini boshqarish tizimining samaradorligini oshirish, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo’lgan fuqarolarga qulay shart-sharoitlarni yaratish, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini ta’minlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini rag’batlantirish maqsadida joriy yilning
4-aprel kuni “Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga ko’ra, Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik), Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 4 shtat birligidan iborat bo’lgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo’limi (Bo’lim) tashkil etiladi.

Shuningdek, kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirining o’rinbosari – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori lavozimi va O’zbekistonning Buyuk Britaniya, BAA, Vengriya, Germaniya, Latviya, Pol`sha hamda Yaponiya davlatlaridagi diplomatik va konsullik muassasalari shtat jadvaliga qo’shimcha ravishda 1 ta shtat birligidan iborat mehnat migratsiyasi masalalari bo’yicha attashe lavozimi kiritiladi.

Bundan tashqari, farmonga ko’ra, 2024-yil 1-iyundan “Xorijda ish” mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida ro’yxatdan o’tgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb bo’yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog’liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda va sertifikat olinganda – BHMning
3 baravarigacha miqdorda, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog’liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning
5 baravarigacha miqdorda va yo’l chiptasini xarid qilish bilan bog’liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha miqdorda kompensatsiya to’lanadi.

Farmonga asosan, Sug’urta tashkilotlariga – “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila sifatida e’tirof etilgan yoki “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning sog’lig’i va hayoti, har bir sug’urtalangan fuqaro uchun yiliga bir marta 50 ming so’mgacha miqdorda subsidiya to’lanadi.Bundan tashqari, Xorijda mehnat qilish davrida zo’ravonlikka, majburiy mehnatga duchor bo’lgan va kamsitilgan, mehnat hamda boshqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz va yashash uchun mablag’siz qolgan O’zbekiston fuqarolariga advokatning, yuridik xizmatlar ko’rsatuvchi tashkilotlarning yoki huquqni muhofaza qilish tashkilotlarining xizmatlari uchun belgilangan tartibda haq to’lanadi.

Bugungi kunda, Mamlakatimizda mehnat migratsiyasi masalalarini tartibga solish, mavjud muammolarni bartaraf etish, chet elga ketishdan oldin yurtdoshlarimizning kasbiy mahoratini oshirish imkoniyatini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, ilgari xorijdan qaytgan fuqarolarimiz ish topishda ayrim to’siqlarga duch kelishardi. Bu boradagi vaziyat ham tubdan o’zgardi.
2024-yil 1-iyundan boshlab mehnat migratsiyasidan qaytganlarni ishga olgan korxonaga har bir xodim uchun bir yil davomida Bandlikka ko’maklashish jamg’armasidan oyiga 500 ming so’mdan subsidiya beriladigan bo’ldi. Ushbu tadbirlarga bu yil uchun 100 milliard so’m ajratiladi. Bundan tashqari, 2024-yil
1-iyundan boshlab mehnat migratsiyasidan qaytganlar va ularning oila a’zolari bepul tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.

Bir so’z bilan aytganda, bugungi kunda mehnat migrantlarini qo’llab-quvvatlash borasida qator ijobiy ishlar yo’lga qo’yilgan. Yuqoridagi Prezident farmonida belgilangan vazifalar doirasida esa bu boradagi ishlar ko’lami yanada kengayadi va xorijda ishlash istagidagi yurtdoshlarimizga yanada yengillik hamda qulayliklar yaratiladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti                                                                N. Anarqulova