Янгиликлар
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024 yildagi 204-sonli “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.04.2024 yildagi 204-sonli “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan 2024-yil 1-maydan aholi uchun elektr energiyasi va tabiiy gazni bir oylik iste`molining bazaviy me`yorlari belgilandi.
Bunda, elektr energiyasi bo`yicha har oyda 200 kW`h gacha 450-so`m, 201 kW`hdan 1000 kW`hgacha 900 so`m, 1001 kW`hdan 5000 kW`hgacha 1350 so`m, 5001 kW`hdan 10000 kW`hgacha 1575 so`m, 10001 kW`hdan keyin 1800 so`mni tashkil etadi.
Tabiiy gaz tariflari bo`yicha esa isitish mavsumida 500 kubometrgacha 650-so`m, 501 kubometrdan 2500 kubometrgacha 1500 so`m, 2501 kubometrdan 5000 kubomertgacha 1950 so`m, 5001 kubometrdan 10000 kubometrgacha 2275 so`m, 10001 dan keyin 2600 so`m etib belgilandi. Boshqa mavsumda 100 kubometrgacha 650 so`m, 101 kubometrdan 2500 kubometrgacha 1500 so`m, 2501 kubometrdan 5000 kubometrgacha 1950 so`m, 5001 kubometrdan 10000 kubometrgacha 2275 so`m, 10001 kubometrdan keyin 2600 so`mni tashkil etadi.
Shu bilan birgalikda, isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga elektr energiya uchun bazaviy me`yordan ortiq 150 kVt soatgacha, tabiiy gaz uchun esa bazaviy me`yordan ortiq 250 kub metrgacha kompensatsiya qilib beriladi.
Bunda, Kompensatsiya oluvchi ehtiyojmand oilalar noyabr-mart oylarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki mahallalarda faoliyat yurituvchi ijtimoiy xodimlarga murojaat qiladi. Yagona reestrga kirmagan ehtiyojmand oilalarning qo`shimcha ro`yxati esa Mahalla yettiligi tomonidan shakllantirilishi belgilandi.
Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov