Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Korxonada ta`tillar jadvalini tuzmaslik mumkinmi?


Korxonada ta`tillar jadvalini tuzmaslik mumkinmi?

Mehnat kodeksining 216-moddasiga asosan ish beruvchi har yili ish yili davomida хodimlarga mehnat ta’tilini berishga majbur hisoblanadi. Shuningdek, ish beruvchi ta’tillar jadvalini tuzish orqali хodimlarga ta’tilni berish navbatini belgilashi lozim. MKning 228-m. 1-qismi.

Bu tashkiliy-huquqiy shakli va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar va ularni xodimlari uchun majburiy ichki hujjatdir, mikrofirmalar bundan mustasno.

Mikrofirmalar ta’tillar jadvalini tasdiqlamasligi mumkin – ularga bunday huquqni (MKning 505-moddasi). Mikrofirmalarda ta’tildan foydalanishning aniq muddati хodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi MK 505-moddasi.

Ta’tillar jadvalini ish beruvchi хodimlarning vakillik organi bilan kelishilgan holda kalendar yil boshlangunga qadar tasdiqlaydi.

Ish beruvchi ta’tillar jadvalini tuzmaganligi uchun mehnat inspeksiyasi tomonidan ish beruvchining aybdor mansabdor shaхsini MJTKning 49-moddasi boʻyicha ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Agar kalendar yil allaqachon boshlangan boʻlsa, baribir ta’tillar jadvalini joriy sana bilan tasdiqlash tavsiya etiladi.

 

Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat

ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti                                 I.Roziqov