Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Tashkilot хodimi toʻsatdan vafot etdi nima qilish kerak?


Tashkilot хodimi toʻsatdan vafot etdi nima qilish kerak?

Xodimning vafot etishi uning mehnat shartnomasini Mehnat kodeksining 168-moddasi 1-qismining 8-bandi (taraflarning хohish-irodasiga bogʻliq boʻlmagan holatlar)ga muvofiq bekor qilish uchun asos hisoblanadi.

Xodimning vafot etganligi vakolatli davlat idorasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.

Odatda, oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma marhumning qarindoshlari tomonidan taqdim etiladi.

Olingan oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida u taqdim qilingan kunda mehnat shartnomasini bekor qilish toʻgʻrisida buyruq (farmoyish) chiqariladi. Ushbu hujjatda koʻrsatilgan хodimning vafot etgan sanasi mehnat shartnomasini bekor qilish kuni boʻladi. Shunday qilib, mehnat shartnomasini bekor qilish sanasi buyruqning oʻzidan ancha erta boʻlishi mumkin.

 

 

Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat

ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti                                 I.Roziqov