Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi oshirilmoqda.


                   Jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi oshirilmoqda.

 

 

Kredit (mikroqarz) shartnomasiga asosan uni so‘ndirish muddati 36 oydan oshgan taqdirda, qarz yuki bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori hisob-kitobida kredit (mikroqarz) bo‘yicha barcha to‘lovlar 36 oyga teng miqdorda (annuitet usulida) taqsimlanadi.

 

Ipoteka krediti shartnomasiga asosan uni so‘ndirish muddati 180 oydan oshgan taqdirda, qarz yuki bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlar miqdori hisob-kitobida kredit bo‘yicha barcha to‘lovlar 180 oyga teng miqdorda (annuitet usulida) taqsimlanadi, bundan davlat dasturlari doirasida ajratilgan ipoteka kreditlari mustasno.

2024 yil 1 iyulga qadar qarz beruvchi tomonidan mikroqarzlar ajratishda jismoniy shaxsning qarz yuki ko‘rsatkichi 50%dan oshmasligi kerak.

2024 yil 1 iyuldan 2025 yil 1 yanvarga qadar ushbu ko‘rsatkich 60%dan, 2025 yil 1 yanvardan boshlab — 50%dan oshmasligi kerak.

 

 

 

 

Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi

yuridik xizmat ko‘rsatish

Markazi boshlig‘i                                                 Saidislom Jamolov