Янгиликлар
Birinchi ish yilida ishlayotgan pedagog xodimlarga mehnat ta`tili berish tartibi qanday?
Birinchi ish yilida ishlayotgan pedagog xodimlarga mehnat ta`tili berish tartibi qanday?
Amaldagi mehnat kodeksining 227-moddasiga 6-qismiga asosan Har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida beriladigan ta’lim tashkilotlarining o‘qituvchilar tarkibiga birinchi ish yilidagi har yilgi mehnat ta’tili o‘quvchilarning yozgi ta’tili davrida to‘liq davomiylikda, ular ushbu ta’lim tashkilotiga ishga kirgan vaqtidan qat’i nazar, ishlab bergan vaqtiga mutanosib ravishda haq to‘langan holda beriladi. Mazkur toifadagi xodimlarga ikkinchi va keyingi ish yillari uchun beriladigan mehnat ta’tiliga, ushbu ta’til ish yili davomida qaysi vaqtda berilishidan qat’i nazar, to‘liq haq to‘lanadi.
Yangiyo`l tuman adliya bo`limi yuridik xizmat
ko`rsatish Markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov