Янгиликлар
SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ
SAVOL BERING JAVOB BERAMIZ
1. Savol: Men tuman Sog‘liqni saqlash birlashmasida hamshira bo‘lib ishlayman. 2022 yili mehnat ta’tiliga chiqib ta’til pulini to‘liq oldim. Keyingi yili ya’ni 2023 yili 6 oy ishlagach zarurat yuzasidan mehnat ta’tiliga chiqdim. Menga birlashma buxgalteriyasi yillik ta’til uchun to‘liq hisob-kitob qildi. Biroq tuman moliya bo‘limi hamda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasidan kelgan tekshiruvchi Sizga 2023 yil uchun ta’til puli to‘liq berilganligi noto‘g‘ri hisoblangan, deb olgan pulimni qaytarishga majbur qildi. Shu to‘g‘rimi? Menga shu muammoni qonuniy hal qilinishida aniq maslahat va ko‘rsatma bersangizlar, deb A. Xayrullayeva?
Javob: Amaldagi mehnat kodeksining 227-moddasi 1-qismiga asosan Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan olti oy o‘tganidan keyin yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishlagan olti oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkin. Moddaning 4-qismida esa ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda har yilgi mehnat ta’tili to‘liq davomiylikda va to‘liq haq to‘langan holda berilishi nazarda tutilgan. Kodeksning 228-moddasi 1-qismiga asosan Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatiga muvofiq beriladi. Qonunchilikda birinchi yildagi mehnat ta’tili bilan keyingi ish yillardagi ta’til o‘rtasidagi tafovut olti oy bo‘lishi lozimligi to‘g‘risida alohida talablar yo‘q va ta’tillar jadvaliga muvofiq berilaveradi. Bundan tashqari, mehnat ta’tiliga chiqishda xodimga birinchi va undan keyingi ish yillari uchun ta’til to‘lovlari to‘liq miqdorda to‘lanadi. Xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ish haqidan yoki yakuniy hisob-kitoblardagi to‘lovlardan ishlash berilmagan vaqtga mutanosib ravishda hisob-kitob qilinib, ushlab qolinishi mumkin. (MKning 269-moddasi 2-qismi 6-bandi)
Mehnatga munosabatlari davom etayotgan bo‘lsa hech qanday qaytarib olish talablari qonunchilikka mos kelmaydi.
Yangiyo‘l tumani adliya bo‘limi yuridik
xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti I.Roziqov