Янгиликлар
Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjudligi haqida ma’lumotnoma
Pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida
mavjudligi haqida ma’lumotnoma
Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.
Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar
Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
-familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
-pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
-ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
-elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami.
Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul
Yangiyo‘l tuman adliya bo‘limi
yuridik xizmat ko‘rsatish
Markazi boshlig‘i Saidislom Jamolov