Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila aʼzolari bepul tibbiy koʼrikdan oʼtkaziladi


Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila aʼzolari bepul tibbiy koʼrikdan oʼtkaziladi

 

Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʼllab-quvvatlashga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PF-59-son, Prezident Farmoniga muvofiq, 2024-yil 1-iyundan:

Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming soʼmdan subsidiya toʼlanadi (bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʼlgan yuridik shaxslar mustasno).

Bunda:

subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan toʼlanadi;

mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida roʼyxatdan oʼtkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya toʼlash uchun asos boʼlib hisoblanadi;

mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shugʼullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan koʼp vaqt boʼlmagan shaxslar tushuniladi;

2024-yil 1-iyundan quyidagilar yoʼlga qoʼyiladi:

mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda ularning oila aʼzolarini bepul tibbiy koʼrikdan oʼtkazish;

mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʼyxatiga muvofiq bepul tibbiy yordam koʼrsatish amaliyoti.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig‘i                                                                        A.Toshmatjonov