Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Аlkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʼyiladi


Аlkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʼyiladi

 

“Аlkogol va tamaki mahsulotlari bozorini tartibga solish hamda ularning noqonuniy aylanmasining oldini olish chora-tadbirlarini kuchaytirish toʼgʼrisida”gi PF-84 son Prezident Farmoniga ko’ra alkogol va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʼyiladi

Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-oktyabrdan:

yashirin ishlab chiqarish, aktsiz markasiz, raqamli markirovkasiz yoki sifatsiz alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish holatlari aniqlanganda ishlab chiqarish uskunalari davlat foydasiga oʼtkaziladi;

qalbaki aktsiz markali, aktsiz markasiz, raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan, qalbaki markirovka kodlari bilan markirovkalangan alkogolь va tamaki mahsulotlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan muomaladan olinadi va ushbu mahsulotlar bilan savdo qilish huquqini beruvchi litsenziya (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat) belgilangan tartibda bekor qilinadi;

isteʼmol va texnik etil spirti, alkogolь va tamaki mahsulotlari ulgurji realizatsiyasiga oid shartnomalar soliq organlarida majburiy hisobga qoʼyiladi;

har yarim yil yakunlari boʼyicha aroq, shuningdek, isteʼmol etil spirtidan aroq va likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarishda mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʼrsatkichi 60 foizdan kam boʼlganda, belgilangan
60 foizning bajarilmagan qismiga aktsiz soligʼi summasining 50 foizi miqdorida moliyaviy jarima hisoblanadi.

Bunda har yarim yillik yakunlari boʼyicha mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koʼrsatkichi 60 foizdan koʼp boʼlganda va aktsiz soligʼi toʼliq toʼlangan taqdirda, undirilgan moliyaviy jarima summalari korxonaga qaytarib beriladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig‘i                                                                        A.Toshmatjonov