Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Bolalar sogʼlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi


Bolalar sogʼlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi

 

“Bolalar sogʼlomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ-199-son Prezident Qaroriga koʼra, tadbirkorlik subyektlari va xoʼjalik yurituvchi subyektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sogʼlomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali oʼzaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni taʼmirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni taʼmirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;

oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni taʼmirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va yer uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari Oʼzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.

Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va yer uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni oʼzini oʼzi moliyalashtirish tizimiga oʼtkaziladi.

 

Zangiota tumani adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Boshlig‘i                                                                        A.Toshmatjonov