Янгиликлар
Taʼlim krediti olish uchun arizalarni www.my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi
Taʼlim krediti olish uchun arizalarni www.my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi
“Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʼquvchilariga byudjet mablagʼlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi PF-82-son, Prezident Farmoni koʼra, 2024/2025 oʼquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʼquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:
oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʼqiyotgan talaba va oʼquvchilarga ajratiladi;
taʼlim krediti:
oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʼquvchilari uchun toʼlov-kontrakt summasi miqdorida;
oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʼzlashtirishning oʼrtacha koʼrsatkichi “3” dan past boʼlgan taqdirda toʼlov-kontrakt summasining koʼpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno.
Bunda taʼlim krediti:
OTM talabalari uchun – talabalar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar “Talabalarga shartnoma asosida koʼrsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (www.kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʼlganda;
professional taʼlim tashkilotlari oʼquvchilari uchun – oʼquvchilar toʼgʼrisidagi maʼlumotlar “Professional taʼlim jarayonlarini boshqarish” (www.prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud boʼlganda ajratiladi.
2024/2025 oʼquv yili boshlangungacha taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YaIDXP (www.my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig‘i A.Toshmatjonov