Янгиликлар
Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya beriladi
Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga subsidiya beriladi
Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi. Bunda
subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi;
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi;
mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti D. Bahodirov