Янгиликлар
Yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam beriladi.
Yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga har oyda moddiy yordam beriladi.
“O'zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–410-son, 27.12.2023-y.) qabul qilindi.
Unga muvofiq, 2024-yil 1-maydan
reyestrga kiritilgan yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to'lash bo'yicha kompensatsiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiyena tovarlari uchun har oyda qo'shimcha pul to'lovlari o'rniga yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste'mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam joriy etiladi.
Zangiota tumani adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Boshlig‘i A.Toshmatjonov