Янгиликлар
Ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq davlat hisobidan qoplanishi to’g’risida
Ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq davlat hisobidan qoplanishi to’g’risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 07.03.2019 yildagi PQ-4235-son qarorida xotin-qizlarning huquqlarini kafolatlash, tadbirkorlik sohasida samarali faoliyat yuritish mexanizmlarini yaratishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammo va kamchiliklar mavjudligi hamda ularni bartaraf etish xotin-qizlarning mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, ularning tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash, mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va odil sudlovga erishish darajasini oshirish borasida bir qator imtiyozlar berilishi belgilangan.
Xususan, ikki yoshga to‘lmagan farzandini tarbiyalovchi ota-onalarning biriga ularning ish paytidagi dam olish va ovqatlanish, bolani ovqatlantirish uchun beriladigan tanaffuslar hisobidan ish beruvchi bilan kelishgan holda kun davomida foydalaniladigan tanaffus vaqtini belgilash huquqi berilishi hamda erkak va ayollar huquqlari tengligining buzilishi bilan bog‘liq ishlarning sudlarda ko‘rib chiqilishida ayollarga advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmat uchun haq ularning xohishiga ko‘ra davlat hisobidan qoplanishi belgilab qo’yilgan.
Angren shahar Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi