Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Yoshlar yetakchisiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi


Yoshlar yetakchisiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.03.2024 yildagi PQ-136-son “Mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish va tarmog’ini kengaytirish chora tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga asosan mahallalardagi yoshlar yetakchisi mahalla yoshlarini ommaviy va professional futbolga qiziqtirish, shuningdek, bu borada turli targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish belgilangan.

Suningdek yoshlar yetakchisi mahallalarda mavjud bo‘lgan futbol bo‘yicha sport inshootlari hamda boshqa sport maydonchalaridan tizimli va samarali foydalanilishini tashkil etishi, mahallada futbol bo‘yicha erkaklar va ayollarning turli yosh toifalari kesimidagi “mahalla terma jamoa”larini shakllantirish hamda ularni tayyorlashni tashkil etishi, mahalla yoshlarining futbol bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligini tahlil qilib borish hamda futbolni rivojlantirish bo‘yicha sport-ta’lim tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikni tizimli yo‘lga qo‘yishi, mahallalardagi yosh iqtidorli futbolchilarni aniqlash hamda ularni professional futbol ta’lim muassasalariga yo‘naltirib borishi, mahallalarda futbol infratuzilmasini rivojlantirish, sport inventarlari bilan ta’minlash va mahalla terma jamoalariga qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga takliflar kiritish kabi qo’shimcha vazifalari belgilab qo’yildi.

 

        Angren shahar tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti

        Aktamova Sitora O’tkir qizi