Янгиликлар
Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarning tanlovi …
Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarning tanlovi …
Bizga ma’lumki oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari berilib bu davrda ularning o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Qonunchilikda bu borada ba’zan istisno etadigan holatlar ham mavjud bo’lib bular:
- Agar xodim bir vaqtning o‘zida ikki tashkilotda ishlasa hamda ta’lim faoliyatini amalga oshirsa bu holatda ushbu tashkilotlarning birida (xodimning tanloviga ko‘ra) olayotgan ta’limi munosabati bilan kafolatlar va kompensatsiyalar beriladi.
- Shuningdek, ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi ta’lim olayotgandagina beriladi. Mazkur kafolatlar va kompensatsiyalar, shuningdek tegishli darajadagi ta’lim olgan hamda ish beruvchi tomonidan ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki ish beruvchi va xodim o‘rtasida tuzilgan alohida kelishuvga muvofiq ta’lim olishga yuborilgan xodimlarga ham berilishi mumkin.
Angren shahar tuman Yuridik xizmat ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi