Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Homilador ayollar uchun qonunchilikdagi imtiyozlar


 

Homilador ayollar uchun qonunchilikdagi imtiyozlar

Ma’lumki, o’z ish faoliyatini olib borayotgan xotin qizlar va ayollar mamlakatimizda doimiy e’tibor va e’zozdadir. Bu holatni qonunchilikdagi ularga berilgan imtiyozlar bilan asoslaymiz. Xususan, homilador ayol ishga qabul chog’ida sinov muddati belgilanmaydi. Uch yoshga to‘lmagan bolaning budjetdan moliyalashtiriladigan tashkilotlarda ishlaydigan ota-onasidan biriga (vasiysiga) haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan ish vaqti davomiyligi belgilanadi va xodimlar mehnatiga haq to‘lash har kungi to‘liq ish davomiyligida ishlaydigan xodimlar uchun belgilangan miqdorda amalga oshiriladi.

Ish beruvchi homilador ayolning, o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning (o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan birining (ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxsning), shuningdek oilaning betob a’zosini parvarishlashni amalga oshirayotgan shaxsning iltimosiga ko‘ra ularga tibbiy xulosaga muvofiq to‘liqsiz ish vaqti belgilashi shart.

Homilador ayollarga va bola tuqqan ayollarga yillik mehnat ta’tili, ularning xohishiga ko‘ra, tegishincha homiladorlik va tug‘ish ta’tilidan oldin yoki undan keyin beriladi.

Homilador ayollarni yillik mehnat ta’tilidan chaqirib olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bolani parvarishlash ta’tilidan foydalanayotgan xodimga yillik mehnat ta’tili, uning xohishiga ko‘ra, bola parvarishlash ta’tilidan oldin yoxud undan keyin beriladi.

Homilador ayollar, 14 yoshga toʻlmagan bolaning (16 yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning) onasiga faqat oʻz yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin.

 

Angren shahar Yuridik xizmat
ko’rsatish markazi bosh yuriskonsulti
Aktamova Sitora O’tkir qizi

27.03.2024