Янгиликлар
TAʼLIM KREDITI OLISH UCHUN QANDAY XUJJATLAR KERAK BOʻLADI ?
TAʼLIM KREDITI OLISH UCHUN QANDAY XUJJATLAR KERAK BOʻLADI ?
Vazirlar Mahkamasining 18.08.2021-yildagi 527-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, taʼlim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- taʼlim krediti olish toʻgʻrisidagi ariza;
- talaba va taʼlim tashkiloti oʻrtasidagi toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi toʻlov-kontrakt shartnomasi. (Shartnomada oʻqishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun toʻlov miqdori koʻrsatilgan boʻlishi lozim)
- taʼlim krediti qaytarilishining taʼminoti boʻyicha hujjat. ("Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi)
- “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun oʻsha reestrga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma
- Yuqoridagi reestrga kirmaydiganlar uchun birgalikda kredit oluvchi (Kafil)ga tegishli maʼlumot va xujjatlar.
Angren shahar Adliya boʻlimi
Yuridik xizmat koʻrsatish Markazi
bosh yuristkonsulti: Niyazova Shaxlo Gulmuradovna