Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

ISHLOVCHI HODIMLAR QANDAY HUQUQLARGA EGA ?


ISHLOVCHI HODIMLAR QANDAY HUQUQLARGA EGA ?

 

Mehnat kodeksining 21-moddasiga asosan, hodim quyidagi huquqlarga ega:

- qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilish;

- mehnat shartnomasida shartlashilgan ish bilan ish beruvchi tomonidan taʼminlanish;

- talabga mos keladigan ish joyiga ega boʻlish;

- oʻz malakasiga, mehnatning murakkabligiga, bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda ish haqi olish;

- ish vaqti davomiyligining chegarasini, ayrim kasblardagi va toifalardagi xodimlar uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilash, har haftalik dam olish kunlari, ishlanmaydigan bayram kunlari, shuningdek yillik mehnat taʼtillari berish orqali taʼminlanadigan dam olish;

- xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan mehnat sharoitlariga ega boʻlish, shuningdek ish joyidagi mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish talablari toʻgʻrisida toʻliq va ishonchli axborot olish;

- qonunchilikka muvofiq kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

- oʻz mehnat huquqlarini himoya himoya qilish uchun kasaba uyushmalariga va boshqa tashkilotlarga birlashish;

- jamoa kelishuvlari va jamoa shartnomasi, shuningdek ular shartlarining bajarilishi toʻgʻrisida oʻzi yoki vakili orqali axborot olish;

- oʻziga nisbatan yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplash va maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilinishini talab qilish;

- oʻz mehnat huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini qonun bilan taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilish;

 

Angren shahar Adliya boʻlimi

Yuridik xizmat koʻrsatish Markazi

bosh yuristkonsulti:                                              Niyazova Shaxlo Gulmuradovna